Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Tramp Shimoliy Koreyadan qanday «sovg‘a» kutayotganini aytdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya unga qanday «Rojdestvo sovg‘asi» yubormoqchiligi borasidagi fikri bilan bo‘lishdi. Avvalroq Pxenyanda yadro masalasi bo‘yicha muzokaralar muhim ekani, yil oxirigacha AQSh va Shimoliy Koreya bu masalada ikki tomonni ham qondiruvchi yechimni topishlari kerakligi bir necha bor aytilgan. 
CNN’ning xabar berishicha, Pxenyanni birinchi navbatda unga qarshi kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinishi qiziqtiradi. Avvalroq Shimoliy Koreya bu borada hech qanday rivojlanish bo‘lmasa, AQShga “Rojdestvo sovg‘asi”ni tayyorlab qo‘yganini aytgan. Shundan keyin AQShning milliy xavfsizlik sohasidagi amaldorlari bir necha hafta davomida “ma'lumotlarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lishgan”. AQShda gap Shimoliy Koreya tomonidan taqiqlangan raketaning uchirilishi haqida borayotgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.
«Balki u menga raketa sinovi emas, chiroyli guldon jo‘natar. Men guldon olishim mumkin. Undan yaxshi sovg‘a olishim mumkin. Siz buni bilmaysiz-ku», deb javob qilgan Tramp jurnalistlarning «Rojdestvo sovg‘asi» haqidagi savollariga javoban.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech