Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

G‘OLIBLAR MUNOSIB KUTIB OLINDI

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol sport turi bo‘yicha  Respublika bosqichi musobaqalarida   Zarafshon shahar “O‘zbekiston” MFY   jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Bugun g'olib  jamoani shahar hokimligi oldida  tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar IIB boshlig'i E.Yaxyoyev, shahar Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi xodimlari, sportchilarning  oila a'zolari  ishtirok etishdi. Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov  jamoani erishilgan  g‘alaba bilan samimiy tabrikladi. 

16-21 yosh toifasida Navoiy shahrida o'tkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan "O'zbekiston MFY" jamosi diplom  va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech