Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Sumalak

Sumalak qadim davrlardan beri Navroʻz bayramida pishiriladigan turkiy va eroniy xalqlarning  taomi sanaladi. Sumalak (sumaläk) soʻzi qadimgi turkiy tilda ham ishlatilgan boʻlib, Mahmud Qoshgʻariy Devonnidagi "ivitilgan bugʻdoy yoki arpa" maʼnosidagi suma otiga toʻgʻri keladi. Ushbu soʻzga kichraytirish  maʼnosini anglatuvchi +lak qoʻshimchasi qoʻshilgan va bugungi kunda  sumalak  oʻlaroq ishlatiladi.
Bu soʻzning xalq tilida keng tarqalgan "se malak" ya'ni "oʻttiz malak" bilan hech qanday aloqasi yoʻq😊
Sumalak turkiy va eroniy tillarda quyidagicha ataladi: 
Turkmancha: sümelek
Qazoqcha: sümelek;
Kirgizcha: sümölök;
Ozarbayjoncha: semeni halvasi
Forscha: samanū
Tojikcha: sumanak, sumalak;
Turkchada kelib chiqishi aynan Oʻrta Osiyoda pishiriladigan sumalakka toʻgʻri  keladigan taom mavjud boʻlib, uni  "uğut tatlısı" deyishadi.
Demak, sumalak turkiy xalqlarda deyarli bir xil nom bilan ataladi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech