Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

31-yanvar kuni Zarafshon shahar Yulduz madaniyat markazida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda dastavval shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimovning shaharda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti eshitildi. 

Hamda shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, DXX shahar boʻlimi boshligʻi S.Shayzakovlar yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Ularning taklif va muammolarini tingladi. Bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon  Xakimovga topshiriqlar  berildi.

Hamda 5 muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari diplom  va qimmatbaho sovg‘alar  bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.






Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech