Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING 2023-YILNING YANVAR-OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Tadbirkorlik faoliyatiga qulay shart-sharoitlar yaratilib, yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirilishi hamda soliqlarni to‘lash madaniyati oshayotganligi tushumlarni sezilarli darajada o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. 
Joriy yilning yanvar oyida byudjetga 6,1 mlrd.so‘m (99%), tushumlar byudjetga jalb etilishi ta’minlandi. Mahalliy byudjetga yanvar oyda 0,6 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘lar jalb etildi.
Korxona va tashkilotlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida byudjetga jami 211.4 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar undirib olindi. Fuqarolar (xaridorlar) tomonidan savdo qoidalarini buzilishi bo‘yicha yuborilgan elektron murojaatlar yuzasidan 63 ta sayyor soliq tekshirishlari o‘tkazilib, barchasida kamchiliklar aniqlandi.  
Shahrimiz tadbirkorlari bilan o‘tkazilayotgan targ‘ibot va profilaktik tadbirlar natijasida soliq qonunchiligiga rioya etilishiga erishilayotgan bo‘lsada, ayrim tadbirkorlik sub’ektlarimiz tomonidan soliq bazasini kamaytirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, xaridorlarga xarid cheklari bermaslik kabi holatlar aniqlanmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar, faoliyatingizni belgilangan tartibda, savdo qoidalariga rioya etgan holda iste’molchilar (xaridor) xuquqini buzmasdan amalga oshirishingizni so‘rab, muammolaringizni qonuniy hal etishga, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘makdosh ekanligimizni bildiramiz. 

Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Rasmiy kanal👇 
https://t.me/zarafshon_shahar_axborot_xizmat
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech