Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

10-MAKTAB FAOLIYATI O'RGANILDI

Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov bugun 10-umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lib, maktab ma’muriyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodim va o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning takliflarini tingladi.
Takliflar asosida maktabda o‘quv xonalari, sport zali va kutubxonani zamonaviy jihozlash masalasida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida to‘xtaldi.
Hamda o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb qilinishi, kitobxonlar sonini oshirish masalasi, maktab hududida obodonlashtirish ishlarini yanada jonlantirish kerakligi ta’kidlandi.



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech