Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Konstitusiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati

Joriy yilning 28 mart kuni “NKMK” AJ Markaziy kon boshqarmasida “Konstitusiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudi raisi A.Shukurov, Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.G‘ofurov, deputatlar F.Soyibov, S.Boboyorova va boshqarma rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitusiyamizning loyihasi mazmun-mohiyati, uning har bir moddasi inson qadri uchun xizmat qilishi, Bosh qomusimiz loyihasida taklif etilgan normalar nafaqat bugungi, balki kelajak avlod manfaatlariga to‘la xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi xususida ma'lumotlar berishdi.    

A.Shukurov
Fuqarolik ishlari bo‘yicha 
Zarafshon tumanlararo sudi 
raisi
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech