2022-yil 19-fevral kuni "Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish" maqsadida, Zarafshon shahar 8-sonli IATCHOʻDIU maktabida "Kitob ulashmiz" shiori ostida "Qadrdon maktabimga kitob sovgʻa qilaman" mavzusida kitob marafoni oʻtkazildi. Tadbirda shahar XTB mudiri, metodistlari va maktab direktorlari, ma'naviyatchi hamda ota-onalar, oʻqituvchilar ishtirok etdi. Maktab kutubxona fondiga 390 dona 5850000 soʻmlik kitoblar sovgʻa qilindi.
