Muruntov mahallasida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 16-iyun sanasida Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida aholi murojaatlarini yaqindan oʻrganib, joyida ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul Muruntov mahallasida oʻtkazildi.
Qayd etish joizki, sayyor qabul davomida oʻndan ortiq fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, xususan, moddiy yordam koʻrsatish, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga amaliy yordam koʻrsatish va boshqa masalalarni joyida ijobiy hal etish chora-tadbirlari koʻrildi.
Masʼullarga topshiriqlar berilib, uning ijrosini taʼminlash belgilandi.