Joriy yilning 10-yanvar kuni Din ishlar bo‘yicha Zarafshon shahar bosh mutaxassisi А.Xamdamov hamda shahar Maʼnaviyat va marifat bo‘linmasi rahbari D.Baxranova hamkorligida Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtrishi, vatanparvarlik oyligi doirasida shahar Аxborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida "Diniy ekstremiz va terrorizm jamiyat barqarorligiga tahdid" va "Vatan himoyachilari-yurt posbonlari" mavzularida tushuntirish ishlari olib borilib, ma'rifat soati o‘tkazildi. Hamda ishchi-xodimlarga Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi bosmaxonasida “Ekstremizm va terrorizm taraqqiyot kushandasi” sarlavhasi ostida, tarqatma bukletlari ishchi xodimlarning ish faoliyatida foydalanishlari uchun tarqatildi. Shuningdek, kutubxonada kitoblar ko‘zdan kechirildi.
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi


