Joriy yilning 24-yanvar kuni Din ishlar bo‘yicha Zarafshon shahar bosh mutaxassisi А.Xamdamov, shahar Maʼnaviyat va marifat bo‘linmasi rahbari D.Baxranova va shahar bosh imomi Q. Ibragimov hamkorligida Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlar bilan "Diniy ekstremiz va terrorizm jamiyat barqarorligiga tahdid" va "Taraqqiyot strategiyasi", "Odam savdosi-davr muammosi" mavzularida tushuntirish ishlari olib borilib, ma'rifat soati o‘tkazildi. Hamda ishchi-xodimlarga Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi bosmaxonasida “Ekstremizm va terrorizm taraqqiyot kushandasi” sarlavhasi ostida tarqatma bukletlari tarqatildi. Tadbir so‘ngida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi

