
Zarafshon shahrida sportning valeybol turidan o'tkazilgan musobaqalarning shahar bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Zarafshon shahar hokimligi jamoasi 1-o'rinni, shahar Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi jamoasi 2-o'rinni, 9-umumta'lim maktabi jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritdi. G'oliblarga diplom, shahar hokimining esdalik sovg'alari hamda kitoblar jamlanmalari berildi.