Zarafshon shahrida kitobxonlik haftaligi boshlandi
Ma’lumki, 2023-yil 10-15-aprel kunlari "Kitobsevar millat" shiori ostida III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" tadbiri o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Zarafshon shahar axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik haftaligi"ni ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Zarafshon shahar Ma’naviyat-ma’rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahrоnova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng 8-umumta’lim maktabi yoshlari tomonidan sahna asari, 1-2-3-4-9-12-13-umumta’lim maktabi yoshlari tomonidan she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.Tadbir jarayonida 250 nafardan ortiq kitobxonlar ishtirok etdi.
Zarafshon shahar hokimligi axborot xizmati




