"O'ZBEKISTON UMUMIY UYIMIZ" SHIORI OSTIDA DO'STLIK VA BIRDAMLIK FESTIVALI YANGI ZARAFSHON MAHALLASI O'TKAZILDI
Bugun, 4-mart kuni Yangi Zarafshon mahallasida "O'zbekiston-umumiy uyimiz" shiori ostida madaniy, ma'naviy-ma'rifiy, san'at va do'stlik festivali o'tkazildi.
Festivalda Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov va sektor rahbarlari, korxona-tashkilot rahbar-xodimlari ishtirok etdi. Tadbirni shahar hokimi Anvar Radjabov ochib berdi. Hamda ko'pmillatli shahrimiz aholisini bayram munosabati bilan tabrikladi.
Do'stlik festivalida turli millat vakillari va 9-umumta'lim maktabining o'quvchilari tomonidan qo'shiq, raqslar ijro etildi. Tadbirda 1000 dan ortiq yoshlar, 600 dan ortiq aholi ishtitok etdi.
Ko'p millatli xalqimizning milliy an'ana va urf-odatlarini o'zida mujassam etgan ushbu tadbir yurtdoshlarimiz qalbida o'zgacha xushnudlik kayfiyatini baxsh etdi. Tadbir yakunida mahalla aholisi uchun milliy taom osh tortildi.
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi





