ZARAFSHON SHAHRIDA "YANGI O‘ZBEKISTON - YOSHLAR MAMLAKATI" SHIORI OSTIDA YOSHLAR UCHUN BAYRAM KONSERTI O‘TKAZILDI
ZARAFSHON SHAHRIDA "YANGI O‘ZBEKISTON - YOSHLAR MAMLAKATI" SHIORI OSTIDA YOSHLAR UCHUN BAYRAM KONSERTI O‘TKAZILDI
Zarafshon hokimligi old maydonida "Yoshlar oyligi" doirasida "Yangi O‘zbekiston yoshlar mamlakati" shiori ostida katta bayram festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival ochilish jarayonida Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov so‘zga chiqib, yoshlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Bayram festivalida dastur mehmonlari sifatida Mahliyo Omon va Afruza o‘zlarining kuy-musiqalari bilan ishtirok etdi. Bayram festivali ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda o‘tdi.