⚡️Bugun Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida Zarafshon shahrida qurilish ishlari davom etayotgan obyektlardagi qurilish, tiklash va taʼmirlash, shuningdek, obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
Birinchi manzil Zarafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangidan qurilayotgan binosi boʻlib, ushbu binoda bugungi kunda qurilish va tiklash ishlari yakunlanish arafasida. Binoda hozirda moddiy-texnika bilan taʼminlash, binoning tashqi va ichki taʼmir ishlari davom etmoqda.
Yigʻilish davomida berilgan topshiriqlar va vazifalar ijrosi nazorat qilindi. Berilgan topshiriqlar bo'yicha masʼul rahbarlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va shuningdek, kelgusida qilinishi lozim boʻlgan loyihalar belgilandi.