Ta'kidlash joizki, davlatimiz rahbarining alohida e'tibori va g‘amxo‘rligi natijasida minglab vatandoshlarimiz o‘z farzlarini emin-erkin bajarish baxtiga erishmoqda. Bu borada ularga davlatimiz tomonidan juda katta amaliy yordam ko‘rsatilmoqda, qulay sharoit yaratib berilmoqda.
Ma'lumot uchun ta'kidlash joizki, o‘tgan 2022-yilda 37 nafar zarafshonlik fuqarolar Haj safariga yuborilgan bo‘lsa, joriy yilda ziyoratchilarimiz soni 59 nafarni tashkil etmoqda.