BESH TASHABBUS NAVRO'ZDA
🌹Bugun, 8-ixtisoslashtirilgan maktabda Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan "Besh tashabbus Navro'zda" mavzusida festival o'tkazildi.
🏓Festival davomida sport musobaqalari, milliy o'yinlar o'tkazildi. 8 ta qozonda osh, 2 ta qozonda sumalak tayyorlandi.
🌹Milliy kuy-qo'shiq, lapar, o'lanlar yoshlar tomonidan kuylandi. Bayram dasturxoni tashkil etilib, nuroniylar taklif etildi.
🌳Tadbir davomida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida ota-onalar farzandlari bilan, sektor va korxona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etib, yaxshi niyatlar bilan nihol ko'chatlari o'tqazdilar.
Zarafshon shahar ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi




