PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Zarafshon shahar prokuraturasi, shahar Ichki ishlar bo'limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha profilaktik ishlar va targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
Zarafshon shahar Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakat xavfsizligi boʻlinmasi tomonidan avtokarvon tashkil qilinib, jamoat joylarida fuqarolar bilan targʻibot uchrashuvlari oʻtkazildi. Unda bugungi kunda transport vositasi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish, belgilangan yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda harakatlanish boʻyicha tushuntirish ishlari, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlik holatlarini barvaqt aniqlab, uni oʻz vaqtida bartaraf etish, mahallarda, tashkilotlarda, muassasalarda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan targ'ibot tadbirlari va profilaktik ishlar oʻtkazildi.