AMALGA OSHIRILISHI LOZIM BOʻLGAN MASALALAR YUZASIDAN YIGʻILISH OʻTKAZILDI
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan sektor rahbarlari va masʼullar ishtirokida shahar hokimligi majlislar zalida bir qator muhim masalalar, xususan,
Ijro intizomini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarorining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Yigʻilish davomida belgilangan ishlar va amalga oshirilishi zarur topshiriqlar ijrosini taʼminlash belgilandi.