Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA IKKINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI O'TKAZILDI

"Sifatli ta'lim - kuchli jamiyat" shiori ostida o'tkazilgan forum davomida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ta'lim sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, kelgusidagi istiqbolli rejalarga to'xtalib,  barchani yaqinlashib kelayotgan yangi o'quv yili bilan tabrikladi.

Shahardagi barcha umumta'lim maktablarning rahbarlari, pedagoglar va mas'ullar ishtirok etgan ushbu tadbirda o'tgan o'quv yili davomida samarali mehnat qilgan bir guruh soha fidoyilari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech