Zarafshon shahar 9-sonli umumta'lim maktabida birinchi qo‘ng‘iroqlar sadosi ostida yangi o‘quv yili boshlandi.
2023-2024- yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Sh. Shernazarov, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Davlat madhiyasi ijro etildi. So‘ngra shahar hokimi Nazirbek Rahmanov yangi o‘quv yili va "Bilimlar kuni" bilan o'quvchi yoshlarni, o‘qituvchilarni hamda tadbir ishtirokchilarini tabrikladi. Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchi yoshlarga Prezident sovg‘alari jamlanmasi, kitoblar topshirildi. Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar ishtirokida kuy-musiqalar va chiqishlar ijro etildi.
Ma'lumot o‘rnida, yangi o‘quv yilida Zarafshon shahridagi maktablarda 18 701 nafar o‘quvchi ta'lim olib, shundan 2127 nafar o‘quvchi-yoshlar 1-sinfga qabul qilindi.