YANGI O‘QUV YILIDA MAKTABNING YANGI OSHXONASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi deputati Mustaqimov Otabek Mannabievich tashabbusi bilan Zarafshon shahar hokimligi, NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamda homiy tadbirkorlar tomonidan 9-sonli maktabning oshxonasi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Unda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Sh.Shernazarov, hokim o‘rinbosarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari, nuroniylar ishtirok etib, tantanalari tarzda ochib berildi. Ushbu maktab oshxonasi 200 o‘rinlik bo‘lib, unda o‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.