SHAHAR HOKIMI PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZDI
Shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov profilaktika inspektorlari bilan hududlarda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida, shuningdek jinoyatchilikni oldini olish ishlarini muhokama qildi.
O‘z o‘rnida, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashda “Mahalladagi beshlik” ya’ni, profilaktika inspektori, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisi hamkorligini oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi. Uchrashuv yakunida mahallalarda profilaktika inspektorlari oldida turgan muammolarning yechimi bo‘yicha muloqot qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.