Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA" TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

"OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA" TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

Bugungi kunda yurtimizda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida  amalga oshirilayotgan ishlar tufayli ko‘plab mahalla va qishloqlar go‘zal qiyofa kasb etmoqda.

Joriy yilning 12-sentabr kuni Zarafshon shahar hokimligi  majlislar zalida  shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va sektor rahbarlari tomonidan hokim o'rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla beshligi ishtirokida dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Yangi Zarafshon mahalla fuqarolar yig'inida  "Obod xonadon", "Obod koʻcha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish orqali obod va xavfsiz mahallaga aylantirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash boʻyicha "yo'l xaritasi" ishlab chiqildi.  Ishchi guruh tuzilib, koʻchalarga biriktirildi hamda shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi.



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech