Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi maskani ochildi. 

Ushbu tantanali ochilish marosimida shahar hokimi – shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Nazirbek Rahmanov, hokim o‘rinbosari Obidjon Hakimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi Tolmas Razoqov hamda shahar ma’naviyat Kengashi a'zolari, yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirni shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashi raisi o‘rinbosari Obidjon Xakimov ochib berdi va so‘zi davomida ma’naviyatning inson hayotida, har bir davlatning ijtimoiy rivojida qanchalik ahamiyatli ekanligi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tadbirning rasmiy ochilishidan so‘ng ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda tashrif buyurgan mehmonlar binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi.








Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech