13-sentyabr kuni Zarafshon shahrida markaz oshilishi bilan birgalikda shahar hokimi o‘rinbosari, Ma'naviyat va ma'rifat Kengash raisi o‘rinbosari Obidjon Xakimov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimi Tolmas Razoqov boshchiligida navbatdagi Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kengash yig‘ilishida shaharda ijtimoiy ma'naviy-muhitni sog‘lomlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi “Ma'naviy va ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Kengashda shahar kengash a'zolari va tegishli tashkilot rahbarlari, umumta'lim maktablari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, shahar va viloyat Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari ishtirok etdi.