YOSHLAR MASALASIDA MUTASADDI RAHBARLAR BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI
YOSHLAR MASALASIDA MUTASADDI RAHBARLAR BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov shahar hokimligi majlislar zalida yoshlar masalasida soha rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda sektor rahbarlari, shahar DXX rahbari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, masʼullar ishtirok etdi. Unda yoshlar masalasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning bandligi masalalari, davlat dasturining bajarilishi, shahar Yoshlar ishlari agentligida tadbirlarni olib borilayotganligi tahlil qilindi. Ko'rilgan masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.