"OBOD XONADON", "OBOD KOʻCHA", "OBOD MAHALLA" MEZONI AMALDA
"Har bir rahbarning faoliyat mezoni – bu xalqning orzu-umidlarini o'zi uchun asosiy maqsad qilib, ularni izchillik bilan ro'yobga chiqarishdan iborat"
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar DSI boshligʻi Z.Shomurodov, shahar IIB boshligʻi E.Yaxyoyev, hokim birinchi oʻrinbosari A.Shoxmirzayev masʼullar ishtirokida Yangi Zarafshon mahallasidagi xonadonlar, koʻchalarda piyoda yurib amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalarini, "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida oʻzgarishlar boʻlayotgan manzillarda boʻlib, topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilishdi. Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan boʻlayotgan oʻzgarishlar, yangi qiyofa kasb etayotgan manzillar borasida muloqatlar qilinib, aholi taklif-mulohazalari tinglandi. Fuqarolarga jarayonda befarq boʻlmasdan, oʻz xonadoni, mahallasining obodligi uchun hissasini qoʻshishi kerakligi taʼkidlandi.