Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YURISH IMKONIYATI CHEKLANGAN GULNOZA OʻZ OYOQLARIDA YURIB KELDI

Odami ersang demagil odamiy, Onikim yoʻq xalq gʻamidin gʻami

Insonlarning dard-u tashvishini oʻylab yashash - odamiylikning oliy mezonidir. Darhaqiqat, inson qadri ulugʻlangan yurtimizda barcha islohotlarning oliy mezoni ham insonning bugungi kunidan rozi boʻlib yashashidir.

Xususan, bugungi kunda  fuqarolar murojaatining oʻz yechimini topayotgani fikrimiz dalilidir. Buning isboti sifatida Gulnoza oʻz oyoqlari bilan yura olishi, nafaqat yurishi endilikda bemalol tengqurlari bilan oʻynay olishida koʻrishimiz mumkin.

Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan fuqarolar bilan muloqotlarda, murojaatlar oʻrganilishi davomida qizchaning yurish imkoniyati cheklanganligi, oyogʻida mavjud kasallagini davolash masalalasi ham nazoratga olingan edi. Oʻz vaqtida berilgan eʼtibor va "Saxovat va  koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan  Gulnozaning oyoqlariga kerakli davolash ishlari olib borildi. Gulnoza kuni kecha Muruntov mahallasida oʻtkazilgan sayyor qabul davomida oʻz oyoqlarida yurib keldi hamda uning onasi koʻrsatilgan eʼtibor va yordam uchun Prezidentimizga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech