Bugun Zarafshon shahrida 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "Oʻzbegim" tantanalar saroyida soha fidoyilari bayram dasturxoni atrofida jam bo‘lishdi.
Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov so‘zga chiqib, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini bayram bilan qutladi hamda faoliyatida zafarlar tiladi. Tadbir davomida xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.