Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlar, masʼullar Yangi Zarafshon mahallasidagi koʻchalarda, aholi xonadonlarida boʻlib, "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qildi. Bugungi kunda belgilangan ishlar: aholi xonadonlarida qurilish-taʼmirlash, tozalash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda aholi bilan muloqotlar qilindi. Belgilangan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar berildi.