Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Zarafshon shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazlari,  FHDY organi  faoliyati o‘rganildi.

Zarafshon viloyatning shimoliy hududida joylashgan aholisining aksariyati ishchilar bo‘lgan mazkur shaharda asosan, elektron imzo olish, farzandini MTTga ro‘yxatga qo‘yish borasida davlat xizmatlaridan foydalaniladi. 

Mas'ullar bu yerda davlat xizmatlari ko'rsatish markazi binosida yaratilgan sharoitlar, fuqarolar uchun tashkil etilgan kutubxona-yu,  bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati, ayniqsa, elektron navbatni to‘g‘ri tashkil etilayotganligiga alohida e'tibor berib, ishchi guruh mas'ullari mazkur jarayonni o‘zlari amalda sinovdan o‘tkazishdi.

Shu birga, ishchi guruh vakillari Zarafshon shahar hokimi, sektor rahbarlari ishtirokida mahalliy aholining huquqiy ongini oshirish, murojaatlariga huquqiy yechim topish va davlat xizmatlaridan foydalanish borasidagi fkirlarini yaqindan o'rgandilar.

Muloqot jarayonida FHDY arxivi hujjatlari saqlanish holati, turkumlanishi, yuridik xizmat ko‘rsatish sohasi, adliya bo‘limlarida fuqaro murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech