Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorliklar zamirida,avvalo, inson qadri tamoyili yotibdi. Barcha ezgu harakatlarda mahallalar obodligi, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalar mujassam.
Xususan, Zarafshon shahar Yangi Zarafshon mahallasida ulkan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Uzoq yillardan buyon aholini qiynab kelgan muammolar bugun rahbarlar eʼtiborida.
Shahar hokimi N.Rahmanov, shahar prokurori Sh.Shernazarov shtab ichki guruhi vakillariga biriktirilgan manzillarda boʻlib, berilgan topshiriqlar: mahalla infratuzilmasini yaxshilash, manzillarda qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish boʻyicha shtab yigʻilishi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi nazorat qilindi. Shuningdek, uyma-uy yurib aholi xonadonlarida boʻldi. Mahalla obodligi, xonadonlar tozaligi, taʼmirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Ayni vaqtda, mahalla hududida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda