Ayni kunlarda, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va sektor rahbarlarining asosiy faoliyati Yangi Zarafshon mahallasida "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezonlari asosida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish boʻlmoqda.
Xususan, rahbarlarning bugungi asosiy faoliyati ham mahallada oʻtdi. Koʻchalarda, xonadonlarda piyoda uyma-uy yurishib belgilangan ishlarni nazorat qildi. Xususan, manzillarda biriktirilgan shtab ishchi guruhi masʼullarning faoliyati, berilgan topshiriqlar ijrosi nazorat qilindi. Shuningdek, xonadonlarda fuqarolar bilan muloqotlar qilindi. Manzillar obodligi, xonadonlar fayzligi, birinchi navbatda, fuqarolarning oʻz turar joylarini tartibga keltirishi, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, qurilish-taʼmirlash ishlarini tashkil etish borasida topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Mahalla obodligi yoʻlidagi belgilangan ishlar davom etadi..