Ijtimoiy tarmoqlarda “Zarafshon shahrida yo‘lning egalari chiqqan ko‘rinadi” sarlavhasi ostida transport vositasi haydovchilari guruh bo‘lib belgilangan yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasdan harakatlangan qoidabuzarlik holatlari aks etgan videolavha tarqaldi.
Ushbu holat bo‘yicha Zarafshon shahar IIB ma’sul xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilib, videolavhadagi har bir transport vositasi haydovchilari shaxsiga aniqlik kiritilib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 129-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.