Shahar hokimi o‘rinbosari O.Xakimov tomonidan shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi yig‘ilishida kun tartibiga aloqador rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Jumladan, shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tomonidan 2023-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va shahardagi korxona, tashkilot va muassasalarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid ishlarning tahlili;
Shahardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar holati hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyati;
Shahardagi korxona, tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish hamda tashqi reklama va ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari holati;
Shahardagi korxona, tashkilotlarida va ta’lim muassasalarida ijtimoiy-diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish borasida olib borilgan ishlar tahlili kabi masalalarda hisobotlar eshitildi.
Bundan tashqari, kengash yig‘ilishida sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, soha rivoji yuzasidan ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.