





Til - davlat timsoli, mulki, millatning madaniy va ma'naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush-tarzi va tarixidan darak beruvchi vositadir. Shu sabab, uni asrab-avaylash, o‘z ona tilimizda mazmunli, ravon so‘zlash har birimizning burchimizdir.
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat uyida “Ona tili – millat g‘ururi” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida mavzuga oid kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, badiiy chiqishlar namoyish etildi, she'r va ma'lumotlar berildi.