10-noyabr kuni Zarafshon shahrida "Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz" shiori ostida "Ma'naviyat marafoni" doirasida shahar Sanoat texnikumida "Milliy qadriyatlar" loyihasi o‘tkazildi.
Unda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, shahar Yoshlar agentligi yetakchilari, shahar Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari, kasb-hunar maktabi, shahar tibbiyot kolleji, shahar Sanoat texnikumi yoshlari ishtirok etdi.
"Milliy qadriyatlar” loyihasi doirasida maqom va folklor qo‘shiqlari, musiqalar, amaliy san'at namunalari, xalq o‘yinlari, milliy liboslar ko‘rgazmali namoyishlarini o‘tkazildi.