Bugun Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tadbirkorlarning taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida qabul oʻtkazdi.
Uchrashuvda shaharda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari tinglandi.
Xususan, tadbirkorlarga amaliy yordam koʻrsatish, ularni qoʻllab-quvvatlash, yangidan-yangi tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda bir qator muhim chora-tadbirlar koʻrildi, huquqiy tavsiyalar, takliflar berildi.
Bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.