Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

SHAHAR HOKIMI QURILISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARINI NAZORAT QILDI, SHAHAR HOKIMI QURUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

Joriy yilning 18-noyabr sanasida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov mas'ullar ishtirokida shahrimizda qurilish, obodonlashtirish, tozalik, mavsumga tayyorgarlik ishlarini nazorat qildi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash belgilandi. Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov mutasaddi rahbarlar, quruvchilar ishtirokida shtab yig'ilish o'tkazdi. Unda shahrimizdagi 13-, 14- kichik tumanlarda barpo etilayotgan ko'p qavatli uylar, qurilish ishlari davom etayotgan obyektlar, qurilish sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, manzillarda obodonlashtirish, tozalik ishlari holati muhokama qilindi. Hamda ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech