"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol sport turi bo‘yicha Respublika bosqichi musobaqalarida Zarafshon shahar “O‘zbekiston” MFY jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Bugun g'olib jamoani shahar hokimligi oldida tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar IIB boshlig'i E.Yaxyoyev, shahar Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi xodimlari, sportchilarning oila a'zolari ishtirok etishdi. Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov jamoani erishilgan g‘alaba bilan samimiy tabrikladi.
16-21 yosh toifasida Navoiy shahrida o'tkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan "O'zbekiston MFY" jamosi diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.