Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan tegishli tashkilot rahbarlari, mas'ullar ishtirokida "Obod xonadon", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida Yangi Zarafshon mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, xonadonlarda, ko‘chalarda tashkil qilinayotgan obodonlashtirish ishlari, shuningdek, kelgusidagi vazifalar: mahallada ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish, Konstitutsiya kuni bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, bayram tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha mas'ullarga bir qator ko‘rsatma va topshiriq berilib, ijrosi ta'minlanishi belgilandi.