Zarafshon shahar 1-sektor rahbari, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov fuqarolar murojaatlarini oʻrganish, ularga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabulni Muruntov mahallasida oʻtkazdi.
Masʼullar ishtirokida oʻtkazilgan qabul davomida fuqarolar, yoshlar, xotin-qizlarning har bir murojaati batafsil oʻrganildi. Xususan, murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi. Bu boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berib, ijrosi taʼminlanishi belgilandi.