Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#INSON_QADRI_UCHUN #SAYYOR_QABUL KONCHILAR MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI

"Har bir rahbarning faoliyat mezoni – bu xalqning orzu-umidlarini o'zi uchun asosiy maqsad qilib, ularni izchillik bilan ro'yobga chiqarishdan iborat"
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o'rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarini  joyida ijobiy hal qilish masalasi bugun har bir rahbar oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.

Zarafshon shahar 1-sektor rahbari, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov navbatdagi  sayyor qabulni Konchilar mahallasida o'tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning turli masaladagi murojaatlar birma-bir o'rganib chiqildi. Barcha murojaatlar nazoratga olinib, huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi, ayrim masalalar joyida hal etildi, muddat talab qilgan murojaatlar yuzasidan tegishli ma'sullarga ularni hal etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech