BAHOR MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan mutasaddilar ishtirokida aholi muammolarini yechish, murojaatlarini oʻrganish va ularga har tomonlama koʻmak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabulni Bahor mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari birma-bir o‘rganildi. Huquqiy tushunchalar va tavsiyalar berildi. Shuningdek, murojaatlar o‘rganilib, ijobiy hal etilishi bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi. Ijrosi ta'minlanishi belgilandi.