Zarafshon shahar tibbiyot texnikumida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan shahar hokimi o‘rinbosari O.Xakimov va mutasaddilar ishtirokida shtab yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida shahar hokimligi, shahar Yoshlar ishlari agentligi, hamkor tashkilotlar ishtirokida maskanda IT o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni kerakli jihozlar bilan ta'minlash, moddiy-texnikasini yaxshilash, zaruriy ta'mirlash ishlarini olib borish bo‘yicha bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Aytish joizki, maskanda ochilishi rejalashtirilayotgan IT sohasidagi o‘quv markazi shahrimiz yoshlariga zamonaviy kelajak kasblarini egallashlariga katta qulaylik yaratadi.