Bugun, Zarafshon shahrida yangi yil bayrami arafasida shahar prokurori, 2-sektor shtabi binosining foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi rahbarlar, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.
Nuroniylar tomonidan rasmiy lentalar kesilib, mehmonlar 2-sektor shtabi binosining ichki qismi bilan tanishdilar.
Tadbirda so‘z olganlar, ushbu binoning aynan yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshirilayotganligi bilan soha xodimlari tabriklab, ishlariga omad va muvaffaqiyat tilashdi.