Jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni bartaraf etish borasida har hafta davomida fuqarolar bilan profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, muloqotlar oʻtkazilmoqda.
28-dekabr kuni navbatdagi profilaktik uchrashuv "Muruntog‘" mahallasida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan IIB xodimlari, mahalla fuqarolari ishtirokida oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, internet tarmoqlarida firibgarlik, shuningdek, jinoyatchilik bilan bogʻliq holatlardan ogoh etish, unga qarshi kurashish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.