Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#SARHISOB Zarafshon shahrida yoshlar masalalari yuzasidan 2023-yil yakuni bo'yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Zarafshon shahrida "Yoshlar bandlik dasturlari" doirasida jami 513 nafar yoshlar qamrab olingan bo'lib, ulardan 47 nafari maktab bitiruvchilari sanaladi. Dastur doirasida jami 513 nafar (100 foiz) yoshlarning bandligini ta'minlashga erishildi. 
Shaharda o'tkazilgan xatlov natijalariga ko'ra, jami 27229 nafar 14-30 yoshdagi fuqarolar aniqlangan bo'lib, ularni qizil , sariq hamda yashil toifalarga alohida ajratib olingan. Qizil toifadagi jami yoshlar soni 440 nafarni tashkil etib, bugungi kunda ularning 123 nafarida muammo aniqlangan hamda muammolarning 123tasi (100 foizi) to'liq o'z yechimini topgan. 

Bugungi kunda 2023-yil boshidan buyon "Yoshlar daftari" jamg'armalari mablag'lari hisobidan Zarafshon shahrida jami 45 nafar yoshlar qariyb 60 mln.so'm mablag'lar yo'naltirilishi hisobiga kasb-hunarga (6 nafar) hamda o'zini-o'zi band qilish maqsadida haydovchilik guvohnomasi uchun (39 nafar) o'qitildi. 

Bundan tashqari bugungi kunda "Yoshlar daftari" mablag'lari hisobidan jami 37 nafar yoshlarga 179 mln so'mlik subsidiya asosida asbob-uskuna hamda mehnat qurollari xarid qilindi. Umumiy hisobda 138 nafar ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlandi.

Zarafshon shahrida bugungi kunda zamonaviy kasblarni egallash, yoshlarning xorijiy tillarni o'rganishi hamda IT sohasini chuqur egallashi maqsadida "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan jami 10 nafar yoshlar umumiy hisobda 22,8 mln.so'mlik to'lov amalga oshirildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech